Piyova
Boshqacha: piyoba, piyozli sho'rva, pieva
- 1 soat
- Oson
- Suyuq taom
Masalliqlar
- Piyoz 800 g
- Qo'y go'shti 300 g
- Dumba 100 g
- Pomidor 150 g
- Suv 1,6 l
- Lavr bargi 2 dona
- Qizil qalampir (yanchilgan) ½ choy qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
- Ko'kat (ixtiyoriy) 1 bog'
Tayyorlash
Piyozni mayda to'g'rang, go'shtni mayda kubik qiling. Dumbani mayda to'g'rang.
Qozonda dumbani eritib, jizzasini oling.
Go'sht va piyozni solib, tez-tez aralashtirib 10 daqiqa qovuring. Mayda to'g'ralgan pomidorni qo'shib, yana 10 daqiqa qovuring.
Qaynoq suv quying, tuz soling va past olovda 25-30 daqiqa qaynating.
Tayyor bo'lishidan 5 daqiqa oldin qizil qalampir va lavr bargi qo'shing. Ko'kat sepib torting.