Tuxumli go'sht rulet
Boshqacha: qiymali rulet, myasnoy rulet, rulet iz farsha s yaytsom
- 1 soat 15 daqiqa
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Mol go'shti qiymasi 800 g
- Tuxum 6 dona
- Piyoz 1 dona
- Eskirgan oq non 60 g
- Sut 100 ml
- Sarimsoq (tish) 2 dona
- Non uvog'i 2 osh qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
4 ta tuxumni 10 daqiqa qaynatib, po'chog'ini arching.
Nonni sutda ivitib, piyoz va sarimsoq bilan maydalang. Qiymaga 1 ta xom tuxum, tuz va qalampir qo'shib qoring.
Qiymani folga ustida 1,5 sm qalinlikda to'rtburchak qilib yoying va o'rtasiga qaynagan tuxumlarni bir qator tering.
Folga yordamida rulet qilib o'rang, choklarini yopishtiring. Patnisga chokini pastga qilib qo'ying.
Ustiga ko'pirtirilgan tuxum surtib, non uvog'i seping. 190°C pechda 40 daqiqa pishiring.
10 daqiqa tindirib, bo'laklab kesing.