Qulupnay murabbosi
Boshqacha: klubnichnoe varenye, qulupnay murabbo, yer tut murabbosi
- 40 daqiqa
- Oson
- Uy tayyorlamasi
Masalliqlar
- Qulupnay 1 kg
- Shakar 800 g
- Limon kislotasi 1 chimdim
Tayyorlash
Qulupnayni ehtiyotlab yuvib, quriting va bandini oling.
Chuqur idishga solib shakar seping va sharbat chiqishi uchun 6-8 soat (kechasi) muzlatkichda qoldiring (bu vaqt umumiy vaqtga kirmagan).
O'rtacha olovda qaynatib, ko'pigini olib, 5 daqiqa qaynating va olovdan oling.
Murabbo to'liq sovugach (5-6 soat), yana qaynatib 5 daqiqa pishiring, oxirida limon kislotasini qo'shing. Shunday qilsangiz, rezavor butun qoladi.
Issiq holda sterillangan bankalarga quyib, mahkam yoping.