Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Suyuq taomlar
Yashil yasmiqli sho'rva
Surat: Yonko Kilasi / Pexels

Yashil yasmiqli sho'rva

Boshqacha: sup iz zelyonoy chechevitsy, yesil mercimek corbasi, qo'ng'ir yasmiqli sho'rva

  • 1 soat 15 daqiqa
  • Oson
  • Suyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Mol go'shti 400 g
  • Yashil yoki qo'ng'ir yasmiq 200 g
  • Kartoshka 300 g
  • Sabzi 120 g
  • Piyoz 120 g
  • Pomidor 150 g
  • O'simlik yog'i 3 osh qoshiq
  • Zira 1 choy qoshiq
  • Suv 2 l
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Qora murch ta'bga ko'ra
  • Kashnich ½ bog'

Tayyorlash

  1. Yasmiqni yuvib, 30 daqiqa sovuq suvda ivitib qo'ying.

  2. Go'shtni mayda to'g'rab, yog'da qovuring. Piyoz, sabzi va pomidorni qo'shib, 5 daqiqa qovuring.

  3. Suv quyib, qaynagach 20 daqiqa qaynating.

  4. Yasmiqni suvini to'kib soling, 15 daqiqa qaynating.

  5. Kubik qilingan kartoshka, zira, tuz va murchni qo'shib, yasmiq yumshaguncha 15 daqiqa qaynating.

  6. Kashnich sepib torting.

Shunga o'xshash taomlar

Barcha suyuq taomlar