Ko'k chuchvara
Boshqacha: ko'katli chuchvara, ismaloqli chuchvara
- 1 soat 15 daqiqa
- O'rtacha
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 400 g
- Tuxum 1 dona
- Suv (xamirga) 180 ml
- Ismaloq 300 g
- Ko'k piyoz 150 g
- Ukrop 1 bog'
- Kashnich 1 bog'
- Piyoz 100 g
- Sariyog' 50 g
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
- Qatiq 1 piyola
Tayyorlash
Un, tuxum, suv va tuzdan qattiq xamir qoring. 30 daqiqa tindiring.
Ko'katlar va piyozni mayda to'g'rang. Sariyog'ning yarmini eritib qo'shing, tuz va qalampir soling.
Xamirni yupqa yoyib, 5 sm li kvadratlar kesing.
Har kvadratga ko'kat qo'yib, uchburchak qilib yoping va ikki uchini birlashtiring.
Qaynab turgan sho'r suvda 6-7 daqiqa qaynating.
Qolgan sariyog' va qatiq bilan torting.