Chuchvara
Boshqacha: tushbera
- 1 soat 40 daqiqa
- Qiyin
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 500 g
- Tuxum 2 dona
- Suv (xamirga) 200 ml
- Mol go'shti 400 g
- Piyoz 200 g
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
- Qatiq (ixtiyoriy) 1 piyola
- Ukrop (ixtiyoriy) 1 bog'
Tayyorlash
Un, tuxum, tuz va suvdan qattiq xamir qoring. 30 daqiqa tindiring.
Go'shtni qiymalagichdan o'tkazing. Mayda to'g'ralgan piyoz, tuz va qalampir qo'shib aralashtiring.
Xamirni yupqa yoyib, 3-4 sm li kvadratlarga kesing.
Har kvadratga ozgina qiyma solib, uchburchak qilib buklang va ikki uchini birlashtiring.
Chuchvarani qaynab turgan sho'r suv yoki sho'rvaga soling. Suv yuziga chiqqach, yana 5-7 daqiqa pishiring.
Sho'rvasi bilan yoki qatiq va ko'kat bilan torting.