Qovoqli manti
Boshqacha: kadu manti, oshqovoqli manti
- 1 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 500 g
- Tuxum 1 dona
- Suv (xamirga) 250 ml
- Qovoq 900 g
- Piyoz 300 g
- Sariyog' 50 g
- Dumba (ixtiyoriy) 100 g
- Shakar 1 choy qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
- Zira 1 choy qoshiq
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Un, tuxum, suv va tuzdan qattiq xamir qoring. 30 daqiqa tindiring.
Qovoqni tozalab, mayda kubik qiling. Piyozni mayda to'g'rang.
Mayda to'g'ralgan dumba yoki sariyog', shakar, tuz, zira va qalampirni qo'shib aralashtiring.
Xamirni yupqa yoyib, 10-12 sm li kvadratlar kesing. Qiyma solib, to'rt burchagini birlashtiring.
Yog' surtilgan qasqonga terib, 40-45 daqiqa bug'da pishiring.
Qatiq yoki smetana bilan torting.