Tovuqli manti
Boshqacha: tovuq manti, manty s kuritsey
- 1 soat 30 daqiqa
- O'rtacha
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 500 g
- Tuxum 1 dona
- Suv (xamirga) 230 ml
- Tovuq (son filesi) 700 g
- Piyoz 500 g
- Sariyog' (ixtiyoriy) 50 g
- Tuz ta'bga ko'ra
- Zira 1 choy qoshiq
- Qora qalampir ta'bga ko'ra
- Qatiq (ixtiyoriy) 1 piyola
Tayyorlash
Un, tuxum, suv va tuzdan qattiq xamir qoring. 30 daqiqa tindiring.
Tovuqni pichoqda mayda to'g'rang. Mayda to'g'ralgan piyoz, tuz, zira va qalampir qo'shib aralashtiring.
Xamirni yupqa yoyib, 10-12 sm li kvadratlarga kesing.
Har kvadratga bir osh qoshiq ichlik va kichik bo'lak sariyog' solib, to'rt burchagini birlashtirib yoping.
Mantiqasqonning yog' surtilgan qavatlariga tering. Qaynab turgan suv ustida 35-40 daqiqa pishiring.
Qatiq yoki achchiq-chuchuk bilan torting.