Turkcha manti
Boshqacha: kayseri mantisi, turk mantisi, qatiqli mayda manti
- 1 soat 30 daqiqa
- Qiyin
- Xamirli taom
Masalliqlar
- Un 400 g
- Tuxum 1 dona
- Suv 150 ml
- Mol qiymasi 250 g
- Piyoz 100 g
- Qatiq (quyuq) 400 g
- Sarimsoq 3 dona
- Sariyog' 50 g
- Tomat pastasi 1 osh qoshiq
- Qizil qalampir (yanchilgan) 1 choy qoshiq
- Quritilgan yalpiz 1 choy qoshiq
- Tuz ta'bga ko'ra
- Qora murch ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Un, tuxum, suv va tuzdan qattiq xamir qoring, yopib 30 daqiqa tindiring.
Qiymaga qirg'ichdan o'tkazilgan piyoz, tuz va murch qo'shib qoring.
Xamirni juda yupqa yoyib, 2-3 sm li kvadratlarga kesing. Har biriga no'xatdek qiyma qo'yib, to'rt burchagini tepada qo'shib yopishtiring.
Tuzli qaynoq suvda 10-12 daqiqa pishirib, suzib oling.
Qatiqqa ezilgan sarimsoq va chimdim tuz qo'shing.
Sariyog'ni eritib, tomat pastasi va qizil qalampirni 1 daqiqa qizdiring.
Mantini likopchaga solib, ustiga sarimsoqli qatiq, qizil yog' quying va yalpiz sepib torting.