Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Xamirli taomlar
Qovoqli somsa
Surat: luqmaa.uz

Qovoqli somsa

Boshqacha: kadi somsa, oshqovoq somsa

  • 1 soat 20 daqiqa
  • O'rtacha
  • Xamirli taom
Botda ochish

Masalliqlar

6 kishiga
  • Un 600 g
  • Suv (xamirga) 300 ml
  • Sariyog' 80 g
  • Qovoq 700 g
  • Piyoz 200 g
  • Dumba (ixtiyoriy) 60 g
  • Tuz ta'bga ko'ra
  • Zira 1 choy qoshiq
  • Qora qalampir ta'bga ko'ra
  • Shakar (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq

Tayyorlash

  1. Un, suv va tuzdan xamir qoring. 20 daqiqa tindiring.

  2. Qovoqni tozalab, mayda kubik qilib to'g'rang. Piyoz, tuz, zira, qalampir va ozgina shakar qo'shib aralashtiring.

  3. Xamirni yupqa yoyib, eritilgan sariyog' surting va rulet qilib o'rang. Rulonni 12 bo'lakka kesing.

  4. Har bo'lakni yoyib, o'rtasiga qovoq va bir bo'lak dumba solib, uchburchak qilib yoping.

  5. Patnisga terib, 200 darajali pechda 30-35 daqiqa qizarguncha pishiring.

Somsa turlari

Shunga o'xshash taomlar

Barcha xamirli taomlar