Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Quyuq taomlar
Go'shtsiz osh
Surat: gastronom.ru

Go'shtsiz osh

Boshqacha: sabzavotli osh, no'xatli osh, postniy plov

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Oson
  • Quyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

4 kishiga
  • Guruch 500 g
  • Sabzi 500 g
  • Piyoz 200 g
  • No'xat 150 g
  • Mayiz (ixtiyoriy) 50 g
  • O'simlik yog'i 150 ml
  • Sarimsoq boshi 2 dona
  • Zira 1 choy qoshiq
  • Zirk (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
  • Tuz ta'bga ko'ra

Tayyorlash

  1. No'xatni kechasi bilan ivitib qo'ying. Guruchni yuvib, sho'r suvda ivitib qo'ying.

  2. Qozonda yog'ni qizdirib, halqa qilib to'g'ralgan piyozni qizarguncha qovuring.

  3. Somoncha qilib to'g'ralgan sabzini qo'shib, 10 daqiqa qovuring. No'xat, zira, zirk va tuz soling.

  4. Issiq suv quyib, no'xat yumshaguncha 25-30 daqiqa qaynating. Oxirida mayiz qo'shing.

  5. Sarimsoqni qo'yib, guruchni tekis yoying. Guruchdan 1,5 sm baland qaynoq suv quyib, suvi singguncha pishiring.

  6. Guruchni yig'ib, qopqoqni yopib, past olovda 20 daqiqa dimlang. Aralashtirib torting.

Yoniga

Osh turlari

Shunga o'xshash taomlar

Barcha quyuq taomlar