Qazili osh
Boshqacha: qazi osh, choyxona oshi, plov s kazy
- 2 soat 10 daqiqa
- O'rtacha
- Quyuq taom
Masalliqlar
- Guruch 800 g
- Mol go'shti 600 g
- Qazi 400 g
- Sabzi 800 g
- Piyoz 250 g
- O'simlik yog'i 200 ml
- Sarimsoq boshi 2 dona
- Zira 1 osh qoshiq
- Bedana tuxumi (ixtiyoriy) 12 dona
- Tuz ta'bga ko'ra
Tayyorlash
Guruchni yuvib, iliq sho'r suvda ivitib qo'ying.
Qozonda yog'ni qizdirib, halqa qilib to'g'ralgan piyozni qizarguncha qovuring.
Go'shtni bo'laklab soling va qizarguncha qovuring. Somoncha qilib to'g'ralgan sabzini qo'shib, 10 daqiqa qovuring.
Tuz va zira soling, issiq suv quying. Qazini butunligicha zirvakka botirib, past olovda 40 daqiqa qaynating.
Qazini olib qo'ying. Guruchni zirvak ustiga yoying, guruchdan bir barmoq baland qaynoq suv quyib, suvi singguncha pishiring.
Guruchni yig'ib, sarimsoqni botiring. Qopqoqni yopib, past olovda 25 daqiqa dimlang.
Oshni laganga suzing. Ustiga qazini halqa qilib to'g'rab qo'ying, xohlasangiz qaynatilgan bedana tuxumi bilan torting.