Кирилл
  1. Bosh sahifa
  2. Quyuq taomlar
Samarqand oshi
Surat: NimaOvqat

Samarqand oshi

Boshqacha: Samarqandcha osh, samarkandskiy plov

  • 2 soat
  • O'rtacha
  • Quyuq taom
Botda ochish

Masalliqlar

6 kishiga
  • Guruch 1 kg
  • Qo'y go'shti 1 kg
  • Sariq sabzi 1 kg
  • Piyoz 200 g
  • O'simlik yog'i 150 ml
  • Dumba 200 g
  • No'xat (ixtiyoriy) 100 g
  • Sarimsoq boshi 3 dona
  • Zira 1 osh qoshiq
  • Zirk (ixtiyoriy) 1 choy qoshiq
  • Tuz ta'bga ko'ra

Tayyorlash

  1. No'xat qo'shsangiz, kechasi bilan ivitib qo'ying. Guruchni yuvib, sho'r suvda ivitib qo'ying.

  2. Dumbani to'g'rab, qozonda jizzasini oling, so'ng yog' qo'shib qizdiring. Go'shtni yirik bo'laklab, har tomoni qizarguncha qovuring.

  3. Piyozni qo'shib qovuring. Somoncha qilib to'g'ralgan sabzini go'sht ustiga yoying va aralashtirmang.

  4. No'xat, zira, zirk va tuz soling. Sabzini yopguncha suv quyib, past olovda 15-20 daqiqa qaynating.

  5. Sarimsoqni o'rtaga qo'yib, guruchni tekis yoying. Guruchdan 1,5 sm baland qaynoq suv quyib, suvi singguncha pishiring.

  6. Guruchni tepalik qilib yig'ing, qopqoqni yopib, past olovda 20-25 daqiqa dimlang.

  7. Oshni aralashtirmasdan qatlam-qatlam suzing: tagiga guruch, ustiga sabzi, eng ustiga go'sht.

Yoniga

Osh turlari

Shunga o'xshash taomlar

Barcha quyuq taomlar